QR menyu restoran uchun

QR menyu — stolga qo'yilgan kod. Mehmon telefonining kamerasini tutadi va menyu ochiladi: rasmi, narxi, tarkibi bilan. Ilova o'rnatmaydi, ro'yxatdan o'tmaydi. Shu yerdan buyurtma ham beradi, ofitsiant ham chaqiradi, oxirida baho ham qoldiradi.

Qanday ishlaydi — uch qadam

1
Har stolga QR kod

Har stolning o'z kodi panelingizda tayyor turadi. Chop etib, stolga qo'yasiz. Stol qo'shsangiz yangi kod o'sha zahoti paydo bo'ladi.

2
Mehmon o'z telefonidan ochadi

Menyu 8 tilda: o'zbek (lotin va kirill), rus, ingliz va boshqalar. Sayyoh ham, mahalliy mehmon ham o'z tilida o'qiydi.

3
Siz haqiqatni ko'rasiz

Kim kutdi, kim norozi qoldi, qaysi taom foyda keltirmayapti — hammasi panelda, ofitsiantning aytishiga bog'liq emas.

QR menyu restoranga nima beradi

Menyuni bir daqiqada o'zgartirasiz. Go'sht narxi ko'tarildi — telefoningizdan narxni yangilaysiz, hamma stolda o'sha zahoti yangi narx turadi. Qayta chop etish yo'q.

Mehmon kutib qolmaydi. «Ofitsiant» tugmasi bosilganda xodimning telefoni jiringlaydi — qulflangan bo'lsa ham. Javob berilmasa, 45 soniyadan keyin butun zalga boradi.

Norozilikni ofitsiantdan emas, mehmondan bilasiz. Baho va izoh — ovoz, rasm yoki video bilan — to'g'ridan-to'g'ri sizga keladi. Bu raqamlar xodim qo'lidan o'tmaydi, shuning uchun bo'yalmaydi.

Qaysi taom pul keltirayotganini ko'rasiz. Har taomning tannarxi va marjasi, kunlik hisobot, eng ko'p sotilgani.

QR menyu qancha turadi

Narx stol soniga qarab. Birinchi oy — butunlay bepul.

Stol soniOyiga
1–10 stol 250 000 so'm
11–25 stol 500 000 so'm
26–50 stol 1 000 000 so'm

Bir martalik o'rnatish: $150 · $300 · $600 — menyuni kiritish, sozlash va xodimlarga o'rgatish. Menyudagi taom soni va til soni cheklanmagan.

Ko'p so'raladigan savollar

QR kodni kim qo'yadi?

Har stolning QR kodi panelingizda tayyor turadi — chop etib, stolga qo'yasiz. Chiroyli stol stendi ham shu yerdan chiqadi: A4 qog'ozga ikkitadan, kesib olasiz.

Mehmonga ilova kerakmi?

Yo'q. Kamerani QR ga tutadi va menyu brauzerda ochiladi. Ro'yxatdan o'tish ham yo'q.

Wi-Fi shartmi?

Shart emas — mehmonda mobil internet bo'lsa yetadi. Wi-Fi bo'lsa yanada qulay.

Mavjud kassa tizimimiz bilan ishlaydimi?

Hozircha to'lov va kassaga aralashmaymiz. Ofitsiant buyurtmani menyudan o'qib, o'z tizimingizga kiritadi. Bu ataylab: sizni bor tizimingizni almashtirishga majburlamaymiz.

Menyuni o'zim o'zgartira olamanmi?

Ha — narx, rasm, taom qo'shish hammasi o'z panelingizda, telefondan ham. Menyuni rasmdan yuklash ham bor: menyungizning suratini tashlaysiz, tizim nom va narxni o'zi ajratadi.

Mijozlarim ma'lumoti xavfsizmi?

Har restoran ma'lumoti butunlay ajratilgan — boshqa restoran ko'ra olmaydi. Bu alohida tekshirilgan.

Telefoningizda hoziroq sinab ko'ring

Haqiqiy demo menyu — restoran stolida o'tirganingizdek.