Servismenu
Biznes tizimi Imkoniyatlar Narx Bepul demo

Restoraningizni qo'shing

Ariza Telegram bot orqali to'ldiriladi — bot 6 ta savol beradi, bir daqiqada tugaydi. Arizani ko'rib chiqamiz va bog'lanamiz.

  1. Botda ariza6 ta savol, 1 daqiqa
  2. Tasdiqbiz ko'rib chiqamiz va qo'ng'iroq qilamiz
  3. Login botga keladistollar va QR kodlar avtomatik yaratiladi
  4. QR stolgamehmon o'zi buyurtma beradi
Nega sayt formasi emas, bot?
  • Raqamingiz botda bir tugma bilan tasdiqlanadi — qayta so'ramaymiz.
  • Xato yozsangiz arizani o'zingiz tahrirlaysiz, biz qo'lda tuzatmaymiz.
  • Manzilni yozib o'tirmaysiz — lokatsiyani bir tugma bilan yuborasiz.
  • Tasdiqlangach login va parol shu botga keladi — SMS kutmaysiz.
  • Keyin ham shu yerda yozishamiz: savol, muammo, taklif.
1-oy butunlay bepul

Sinov tugagach oylik to'lov boshlanadi — stol soniga qarab: 1–10 stol — 250 000 so'm, 11–25 stol — 500 000 so'm, 26–50 stol — 1 000 000 so'm. O'rnatish bir martalik: $150 · $300 · $600 — menyuni kiritish, sozlash va xodimlarga o'rgatish. To'lanmasa menyu vaqtincha yopiladi, to'lov qilinishi bilan qayta ochiladi.

✈️

Botda ariza qoldirish

Tugmani bosing — Telegram ochiladi va bot savol berishni boshlaydi.

📝 Telegramda ariza qoldirish

Kompyuterda bo'lsangiz — telefon kamerasi bilan o'qing

Bot nima so'raydi:
  1. Restoran nomi
  2. Ismingiz
  3. Telefon (bitta tugma bilan)
  4. Manzil — «Manzilni jo'natish» tugmasi bilan
  5. Stol soni
  6. Qo'shimcha izoh — ixtiyoriy

Oxirida hammasini ko'rsatadi — xato bo'lsa «Tahrirlash» tugmasi bilan tuzatasiz. Yuborilgandan keyin ham /arizam bilan o'zgartira olasiz.

Ariza yuborish bilan maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz. Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxsga berilmaydi.

Servismenu

O'zbekiston restoranlari uchun: QR menyu, mehmon fikri va egasining nazorati. Raqamlar xodim qo'lidan o'tmaydi.

Mahsulot Biznes tizimi Imkoniyatlar Narx QR menyu nima
Aloqa +998 50 404 22 08 Telegram bot Maxfiylik siyosati
© 2026 Servismenu Toshkent, O'zbekiston