Restoraningiz haqidagi haqiqat.
Xodim qo'lidan o'tmaydi.
Har bir raqam mehmonning tugmasidan yoki xodimning o'z qurilmasidan chiqadi. Hech kim uni qo'lda yozmaydi — demak bo'yab ham bo'lmaydi. Quyida tizim nimani o'lchashi va buni sizga qanday yetkazishi boshidan oxirigacha yozilgan.
Xodim ishga keldimi — va kech qoldimi
Ish vaqtini siz yozasiz: masalan 09:00–22:00. Xodim ishga kelib ilovani ochadi — ekranning eng tepasida bitta tugma turadi.
Bosadi — vaqt muhrlanadi. Ikkinchi marta bosish vaqtni surmaydi: aks holda kech kelgan odam kun oxirida qayta bosib «o'z vaqtida keldim» qilib qo'yardi.
- Bugun — kim ishda, kim kechikkan, kim kelmagan. Bosib ajratib olasiz.
- Oyda — necha kun ishladi, necha marta kech keldi va jami necha daqiqa.
- Tugmani bosmasa ham hisobotdan tushib qolmaydi: kelish vaqti ilovaning birinchi izidan olinadi.
Hamkasbi uchun bosib qo'yishning iloji yo'q — buning uchun uning login-paroli kerak. Siz ham bosa olmaysiz: bu tugma faqat ofitsiant va menejerda.
Kimga qancha to'lash kerak
Oyliklar daftarda yoki boshda saqlanadi — va eng muhim savol javobsiz qoladi: bu odam olayotgan puliga yarasha ishlayaptimi? Shuning uchun pul va ish bitta ekranda turadi.
Summa oyiga. Foiz qo'shsangiz — tushumdan hisoblanadi.
Summa bir kunga. Tizim ishlagan kunga ko'paytiradi — kun soni davomatdan chiqadi, qo'lda yozilmaydi.
- Avans, oylik, bonus, jarima — har biri yozib boriladi.
- Qarzni bitta bosishda yopasiz: summani terib o'tirmaysiz.
- Kimga berilgan, kimga yo'q — ro'yxatga bir qarashda ko'rinadi.
Bu kassa emas. Tizim hisoblab beradi, pulni siz berasiz va berganingizni shu yerga yozib qo'yasiz.
Kim yaxshi, kim yomon ishlayapti
Xodimlar ball bo'yicha saflanadi — eng yaxshisi tepada. Lekin ball yolg'iz o'zi hech nima demaydi, shuning uchun yonida sababi yoziladi.
Uch kategoriya bor — yaxshi, me'yorida, e'tibor bering — va bittasini bosib faqat o'shalarni ko'rasiz.
Hech nima qilmagan odam «yaxshi» bo'lmaydi. Zalda ish bo'lib, u bittasiga ham bormagan bo'lsa — ball pasayadi va sababi yoziladi.
Mehmon necha daqiqa kutdi
Mehmon tugmani bosadi — vaqt o'sha soniyadan ketadi. Ofitsiant javobni ikki bosqichda beradi va ikkala raqam ham alohida saqlanadi.
Nega ikkita: bitta tugma bo'lganda ofitsiant uni xabarni ko'rgan zahoti bosardi — o'sha daqiqada u hali yo'lda edi, ya'ni raqam yolg'on chiqardi. Endi «tez javob berdi-yu, sekin bordi» degan holat ham ko'rinadi.
- Hech kim bormagan chaqiruv alohida sanaladi va o'sha paytda kim smenada bo'lgani yozib qo'yiladi.
- Stol kimniki — chaqiruv ko'r-ko'rona butun zalga bormaydi. Javobgar odam aniq bo'ladi.
- 45 soniyada javob bo'lmasa — baribir hammaga. Mehmon kutdirilmaydi.
Qaysi soatda odam yetishmayapti
Kun bo'yicha o'rtacha raqam pasayishni yashiradi: kun bo'yi 1 daqiqa, kechqurun 4 daqiqa bo'lsa ham o'rtacha «1 daqiqa 40 soniya» chiqadi va siz hech narsani sezmaysiz.
→ 19:00 da javob 4 daqiqaga cho'ziladi — shu soatga yana bitta odam qo'ying.
Yetarli ma'lumot bo'lmasa xulosa umuman chiqarilmaydi: bitta chaqiruvga asoslanib «soat 3 da sekin» deyilsa, siz bekorga odam qo'yasiz.
Qaysi filial yaxshi ishlayapti
Bir nechta filialingiz bo'lsa, ular yonma-yon turadi: tushum, mehmon o'zi bergan buyurtma ulushi, javob vaqti, javobsiz chaqiruv, baho va norozilik.
Har filialga alohida kirib, raqamlarni boshda solishtirish kerak emas. Bitta login bilan hammasiga kirasiz.
Bitta filialli restoranda bu jadval umuman chizilmaydi — ekranda keraksiz narsa turmaydi.
Tizim o'zi xulosa chiqaradi — va nima qilishni aytadi
Raqamlarni o'zingiz qidirib o'tirmaysiz. Tizim ularni o'qiydi, muhimini tepaga chiqaradi va birinchi qadamni aytadi.
Mehmon chaqirdi, hech kim bormadi. Bu bitta past bahodan ko'ra qimmatroq: odam qaytib kelmaydi va sababini aytmaydi.
→ «Hisobot» dan kim smenada bo'lganini ko'ring va o'sha odam bilan gaplashing.Muhim xulosa Telegramingizga ham keladi — panelni ochib o'tirish shart emas. Dushanba kuni esa qisqa haftalik xulosa yuboriladi.
Har kuni xabar kelavermaydi: faqat jiddiy xulosa va bir xil gap sutkada bir marta. Aks holda bir haftadan keyin o'qilmay qoladi.
Telefon yoki qo'l soati — o'zingiz tanlaysiz
Ba'zi restoranlarda ofitsiantga zalda telefon ishlatish taqiqlangan. Shuning uchun soat uchun alohida ilova bor: u Wi-Fi ga o'zi ulanadi, telefon umuman kerak emas.
- Chaqiruv bilakda jiringlaydi va tebranadi — javob bitta bosish.
- Stol olish, buyurtma kiritish, taomni «tayyor» qilish — hammasi soatda.
- Ranglar bilan: ko'k — sizning stolingiz, kulrang — bo'sh, to'q kulrang — hamkasbda.
Sinalgan qurilma — Samsung Galaxy Watch4 (Wear OS). Egasi tanlaydi: xodimga telefon beramizmi yoki soat.
Nima qilmaymiz
Buni oldindan aytamiz — keyin ko'ngil qolmasin.
Restoranda kassa va karta to'lovi allaqachon bor. Sizni bor tizimingizni almashtirishga majburlamaymiz.
Buyurtma oshxona ekranida ko'rinadi, lekin ombor va texnologik kartalarga aralashmaymiz.
Kim qaysi kuni ishlashini biz tuzmaymiz. Siz bitta son yozasiz — «oyiga necha kun» — qolganini tizim sanaydi.
Ma'lumot yetarli bo'lmasa, tizim xulosa chiqarmaydi va «ma'lumot yo'q» deb yozadi.
Restoraningizda ko'rsatamiz
Kelamiz, menyuni kiritamiz, xodimlarga o'rgatamiz — telefonda ham, soatda ham. Birinchi oy bepul.