Servismenu
Biznes tizimi Imkoniyatlar Narx Bepul demo

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 17 sentabr, payshanba

Servismenu — restoranlar uchun QR menyu, buyurtma va mijoz fikri tizimi. Bu sahifada qanday ma'lumot yig'ilishi va u bilan nima qilinishi oddiy tilda yozilgan.

1. Mehmon haqida nima yig'amiz

Mehmon QR kodni skanerlab menyuni ochganda ism, telefon yoki e-pochta so'ralmaydi — ro'yxatdan o'tish umuman yo'q. Saqlanadigan narsalar:

  • Buyurtma tarkibi — qaysi taom, nechta, qanday izoh bilan (masalan «piyoz solmang»).
  • Stol raqami — ofitsiant qaysi stolga borishini bilishi uchun.
  • Baho va fikr — mehmon o'zi yozsa: matn, ovoz, rasm yoki video.
  • Qurilma belgisi — brauzerda saqlanadigan tasodifiy kod. Faqat «bu mehmon ilgari ham kelgan» deb tanish uchun. Bu kod telefon raqami ham, IP manzil ham emas, va u orqali odamning shaxsini aniqlab bo'lmaydi.

Mehmonning joylashuvi, kontaktlari, kamerasi yoki boshqa ilovalari hech qachon o'qilmaydi. Rasm yoki ovoz faqat mehmon o'zi yuborgan taqdirda saqlanadi.

2. Xodim haqida nima yig'amiz

Restoran xodimi (egasi, menejer, ofitsiant) tizimga login va parol bilan kiradi. Saqlanadi: ismi, logini, roli, oxirgi kirish vaqti va u bajargan amallar (qaysi buyurtmani berdi, qaysi chaqiruvga necha soniyada javob berdi). Bu ma'lumot restoran rahbariyatiga ish sifatini ko'rish uchun kerak.

Parollar ochiq holda saqlanmaydi — faqat qaytarib bo'lmaydigan xesh sifatida.

3. Mobil ilova

Ilova faqat restoran xodimlari uchun. U telefondan quyidagilarni oladi:

  • Bildirishnoma ruxsati — yangi buyurtma yoki chaqiruv kelganda ogohlantirish uchun.
  • Bildirishnoma belgisi (push token) — xabar aynan shu telefonga borishi uchun.
  • Qurilma nomi — xodim qaysi telefondan kirganini ko'rish uchun.

Ilova manzil (GPS), kontaktlar, kamera, mikrofon yoki fayllarga murojaat qilmaydi.

4. Ma'lumotni kim ko'radi

Har restoran faqat o'z ma'lumotini ko'radi. Bir restoran xodimi ikkinchisining buyurtmasi, mijozi yoki hisobotiga hech qanday yo'l bilan kira olmaydi — bu texnik darajada cheklangan va sinovdan o'tkazilgan.

Ma'lumot uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi. Reklama tarmoqlariga uzatilmaydi. Faqat qonun talab qilgan hollarda vakolatli organga taqdim etilishi mumkin.

5. Qancha saqlanadi

  • Buyurtmalar va baholar — restoran xizmatdan foydalanguncha.
  • Ovoz, rasm, video — 12 oy, keyin o'chiriladi.
  • Xizmat to'xtatilsa — restoranning barcha ma'lumoti so'rov bo'yicha butunlay o'chiriladi.

6. Xavfsizlik

Barcha aloqa shifrlangan (HTTPS). Ilova tokenlari bazada ochiq saqlanmaydi. Xodim ishdan bo'shasa, uning hisobi o'chiriladi va telefonidagi ilova o'sha zahoti ishlashdan to'xtaydi.

7. Sizning huquqingiz

Restoran egasi o'z ma'lumotini istalgan vaqtda so'rashi, tuzatishi yoki butunlay o'chirishni talab qilishi mumkin. Mehmon o'zi qoldirgan fikrni o'chirishni so'rasa — o'chiriladi.

Hisobni va ma'lumotni o'chirish qadamlari alohida sahifada yozilgan: Ma'lumotni o'chirish.

8. Bog'lanish

Savol yoki talab bo'lsa yozing: sanjarbek89@gmail.com

Bu siyosat o'zgarsa, sahifa yangilanadi va yuqoridagi sana almashadi.

Servismenu

O'zbekiston restoranlari uchun: QR menyu, mehmon fikri va egasining nazorati. Raqamlar xodim qo'lidan o'tmaydi.

Mahsulot Biznes tizimi Imkoniyatlar Narx QR menyu nima
Aloqa +998 50 404 22 08 Telegram bot Maxfiylik siyosati
© 2026 Servismenu Toshkent, O'zbekiston