Nega mijoz
qaytib kelmadi?
Ofitsiant buni aytmaydi. Menejer ham. Servismenu mehmonning o'zidan so'raydi va javobni to'g'ridan-to'g'ri sizga ko'rsatadi.
-
Kim necha daqiqa kutdivaqt mehmon tugmani bosgandan hisoblanadi
-
Mijoz nimadan norozio'z so'zi bilan — ovoz, rasm, video
-
Xodim ishga keldimikim kech qoldi, kimga qancha oylik
Restoran egasi bilmaydigan narsalar
Bularning hammasi bo'lib o'tadi, lekin sizgacha yetib kelmaydi.
Mehmon indamay chiqib ketadi. Siz faqat tushum kamayganini ko'rasiz.
Janjal qilgisi kelmaydi. Shunchaki boshqa kelmaydi.
Ofitsiant unutdi. Mehmon g'ijindi.
Eng qimmat taomni emas, tanish taomni oldi.
Uch qadam
Har stolning o'z kodi panelda tayyor turadi — chop etib, stolga qo'yasiz.
Ilova o'rnatmaydi, ro'yxatdan o'tmaydi. Menyu 8 tilda, rasmlari bilan.
Kim kutdi, kim norozi, qaysi taom foyda keltirmayapti — hammasi panelda.
Telefoningizda hoziroq sinang
Kodni skanerlang — restoran stolida o'tirganingizdek menyu ochiladi. Taom tanlang, ofitsiant chaqiring, baho qoldiring. Hammasi haqiqiy.
Brauzerda ochishTizimda nima bor
Mehmon tomoni va egasining nazorati — bitta tizimda.
Mehmon o‘zi tanlaydi, izoh yozadi, tasdiqlaydi. Buyurtma yo‘qolmaydi.
Ofitsiant, menejer, hisob, tezlashtirish — javob vaqti soniyagacha o‘lchanadi.
Mehmon xodim orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga aytadi.
uz · ўз · ru · en · qozoq · qirg‘iz · 中文 · 한국어. Ofitsiant o‘z tilida ko‘radi.
Necha kishi bo‘lib to‘laydi, karta yoki naqd — ofitsiant terminal bilan keladi.
Ovqat kechiksa mehmonga uzr yuboriladi — o‘z tilida.
Ish vaqtini siz yozasiz — kim kech qolgani, necha daqiqa, o‘zi ko‘rinadi.
Oylik yoki kunlik, foiz, avans. Kimga qancha qarzdorsiz — bitta ekranda.
Ball bo‘yicha saf — sababi bilan. Hech nima qilmagan odam «yaxshi» bo‘lmaydi.
Tannarx kiritasiz — qaysi taom qancha foyda keltirayotgani ko‘rinadi.
Egasi, menejer, ofitsiant — har kim faqat o‘ziga keraklisini ko‘radi.
Zalda telefon taqiqlangan bo‘lsa — qo‘l soati uchun alohida ilova.
Telefonda ham, soatda ham
Ba'zi restoranlarda zalda telefon ishlatish taqiqlangan. Shuning uchun qo'l soati uchun alohida ilova bor — u Wi-Fi ga o'zi ulanadi, telefon umuman kerak emas. Egasi tanlaydi.
Bilakda kundalik ish ikki bosishdan oshmaydi. Ekran o'qish uchun emas — u nima qilish kerakligini o'zi aytadi.
- Chaqiruv jiringlaydi va tebranadi — butun ekranda stol raqami
- «Yo'ldaman» → «Keldim»: ketma-ket, tanlab o'tirmaydi
- Ertalab bitta tugma — «Ishga keldim»
- Stol olish, buyurtma kiritish, taomni «tayyor» qilish
Sinalgan qurilma — Samsung Galaxy Watch4 (Wear OS). Soat Wi-Fi ga o'zi ulanadi: telefonga bog'lanmaydi.
To'liq ish: buyurtma kiritish, menyu, stollar, hisobot. Egasi va menejer uchun ham shu ilova.
- Menyudan taom tanlab, stolga buyurtma kiritadi
- Mehmon qo'shgan taomni tekshirib tasdiqlaydi
- «Piyoz solmang» kabi shartni o'sha yerda yozadi
- Egasi: davomat, oylik, kim yaxshi ishlayapti, hisobot
Android va iOS. Internet uzilsa oxirgi ma'lumot ko'rinadi, bosilgan amal navbatga tushadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi.
Xodimlaringizni qanday nazorat qilasiz?
Ishga kelish va kechikish · oylik va qarz · kim yaxshi ishlayapti · qaysi soatda odam yetishmayapti · filiallarni taqqoslash. Hammasi boshidan oxirigacha yozilgan.
Stol soniga qarab
6 stolli choyxona bilan 40 stolli restoran bir xil to'lamaydi — o'zingiznikini toping.
50 stoldan ko'p bo'lsa — har 25 stolga 500 000 so'm va $300 qo'shiladi. Birinchi oy bepul.
Narxga hammasi kiradi:
- Stol soni cheklanmagan — tarif ichida qancha bo'lsa ham
- Menyuda istagancha taom, rasm bilan
- 8 til — o'zbek, rus, ingliz va boshqalar
- Android va iOS ilovalari, qo'l soati uchun ham
- Yangilanishlar va qo'llab-quvvatlash
Birinchi oy bepul — avval ishlatib ko'rasiz, keyin to'laysiz
Chunki 8 stolli choyxona bilan 40 stolli restoranning yuki bir xil emas. Stol soni — hajmning eng oddiy va bahslashib bo'lmaydigan o'lchovi, egasi uni o'zi biladi. Yashirin qo'shimcha to'lov yo'q.
Nima kiradi?Planshet sotib olmaysiz, dastur o'rnatmaysiz, alohida internet kerak emas. Mehmonning o'z telefoni va sizning bitta telefoningiz yetadi. QR yorliqlarni biz tayyorlab, stolga qo'yib beramiz.
Nima uchun to'laysiz?Har oy bitta ketayotgan mijozni qaytarib olsangiz — tizim o'zini oqlaydi. Servismenu aynan shuning uchun qilingan.
Restoraningizga kelib ko'rsatamiz
Arizani Telegram botimizda qoldirasiz — bot 6 ta savol beradi, bir daqiqada tugaydi. Keyin qo'ng'iroq qilamiz. Majburiyat yo'q: ko'rasiz, savol berasiz, keyin qaror qilasiz.
- Raqamingiz botda bitta tugma bilan tasdiqlanadi
- Manzilni yozmaysiz — bitta tugma bilan jo'natasiz
- Xato yozsangiz arizani o'zingiz tahrirlaysiz
- Tasdiqlangach login va parol shu botga keladi
Tugmani bosing — Telegram ochiladi va bot savol berishni boshlaydi.
Telegramda ariza qoldirishKompyuterda bo'lsangiz — telefon kamerasi bilan o'qing
O'zbek restoranlari uchun yozilgan
Servismenu — O‘zbekistonda, o‘zbek restoranlari uchun yozilgan tizim. Chet el dasturining tarjimasi emas.
Shuning uchun ichida so‘m, o‘zbekcha lotin va kirill, rus va ingliz tili bor; «ofitsiant chaqirish», «hisobni bo‘lib to‘lash» kabi bizda kundalik bo‘lgan narsalar boshidan o‘ylab qilingan.
Biz dasturni sotib, ketib qolmaymiz. Restoranga o‘zimiz kelamiz: QR yorliqlarni chop etib stolga qo‘yamiz, menyuni rasmlari bilan kiritamiz, ofitsiantlarga o‘rgatamiz. Savol chiqsa — telefonni ko‘taramiz.
Servismenu yangi mahsulot. Hozir biz birinchi restoranlarni tanlab olyapmiz — ular bilan yaqin ishlaymiz, aytgan kamchiligini tuzatamiz, so‘ragan narsasini qo‘shamiz.
Ya‘ni birinchi bo‘lish sizga afzallik: tizim sizning restoraningizga moslashib o‘sadi, keyin kelganlar tayyorini oladi.
Ko'p so'raladigan
Planshet sotib olish kerakmi?
Yo‘q. Mehmon o‘z telefonidan ochadi. Ofitsiant ham o‘z telefonidan ishlaydi. Xohlasangiz planshet qo‘yasiz — lekin shart emas.
Wi-Fi shartmi?
Shart emas. Mehmonda mobil internet bo‘lsa yetadi. Wi-Fi bo‘lsa yanada qulay.
Mavjud kassa tizimimiz bilan ishlaydimi?
Hozircha to‘lov va kassaga aralashmaymiz. Ofitsiant buyurtmani menyudan o‘qib, o‘z tizimingizga kiritadi. To‘lovga ulanish keyingi bosqichda.
Menyuni o‘zim o‘zgartira olamanmi?
Ha. Narx, rasm, taom qo‘shish — hammasi o‘z panelingizda. Biz boshida to‘ldirib beramiz.
Xodimlarni qanday nazorat qilaman?
Ish vaqtini siz yozasiz, xodim kelganda «Ishga keldim» ni bosadi — kim kech qolgani, necha daqiqa, o‘zi ko‘rinadi. Oylik (oylik yoki kunlik), avans va qarz ham shu yerda. Batafsil: «Biznes tizimi» sahifasi.
Mijozlarim ma’lumoti xavfsizmi?
Har restoran ma’lumoti butunlay ajratilgan — boshqa restoran ko‘ra olmaydi. Bu maxsus tekshirilgan.
Narxi qancha?
Stol soniga qarab: 1–10 stol — 250 000 so‘m/oy, 11–25 stol — 500 000 so‘m/oy, 26–50 stol — 1 000 000 so‘m/oy. O‘rnatish bir martalik: $150 · $300 · $600. 50 stoldan ko‘p bo‘lsa har 25 stolga 500 000 so‘m qo‘shiladi. Birinchi oy bepul.
QR kodni kim qo‘yadi?
Har stolning QR kodi panelingizda tayyor turadi — chop etib, stolga qo‘yasiz. Stol stendi ham shu yerdan chiqadi. Stol qo‘shsangiz yangi kod o‘sha zahoti paydo bo‘ladi.
Shartnoma qancha muddatga?
Majburiy muddat yo‘q. Yoqmasa to‘xtatasiz.
Bir marta ko'rib chiqing
Restoraningizga kelamiz, menyuni kiritamiz, xodimlarga o'rgatamiz. Birinchi oy bepul, majburiy muddat yo'q.